AQSh Iroq g’arbidagi “Al-Qaim” harbiy bazasini bo’shatdi

“Koalitsiya “Al-Qaim” harbiy bazasini Iroq qurolli kuchlariga topshirdi”,-deyiladi AQSh boshchiligidagi koalitsiya bayonotida.

1380396
AQSh Iroq g’arbidagi “Al-Qaim” harbiy bazasini bo’shatdi

 

 

AQSh Iroq g’arbidagi “Al-Qaim” harbiy bazasini bo’shatib, Iroq qurolli kuchlariga topshirdi.

“Koalitsiya “Al-Qaim” harbiy bazasini Iroq qurolli kuchlariga topshirdi”,-deyiladi AQSh boshchiligidagi koalitsiya bayonotida.

Ma’lumotga ko’ra, DEAShga qarshi kurash o’z samarasini berar ekan, AQSh joriy yil davomida Iroqdagi barcha harbiy bazalariga bir qator o’zgartirishlar kiritadi.

Oxirgi paytlarda Amerika harbiylari joylashgan bazalarga raketa hujumlari avj olishi ortidan bunday qaror olinishi diqqat jalb etadi.

Eslatish joizki, Bag’dod shimolidagi “Toji” harbiy bazasiga ikki marta raketa hujumi sodir etilgandi.

Birinchi hujumda 3 nafar amerikalik halok bo’lgandi, 14 nafari yaralangandi.

Ikkinchi hujumda esa 3 harbiy yaralanganligi ma’lum qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #harbiy baza , #Al-Qaim , #Iroq , #AQSh

Aloqador xabarlar