Turkiya koronavirus tufayli Eronga tibbiy buyumlar jihatidan yordam berdi

Turkiya yangi turdagi koronavirusdan eng ko‘p ziyon ko‘rgan mamlakatlardan biri hisoblangan Eronga tibbiy buyumlar jihatidan yordam berdi.

1379720
Turkiya koronavirus tufayli Eronga tibbiy buyumlar jihatidan yordam berdi

Turkiya yangi turdagi koronavirusdan eng ko‘p ziyon ko‘rgan mamlakatlardan biri hisoblangan Eronga 1000 dona diagnostika to‘plami, 4715 ta kombinezon, 20 000 ta fartuk, 2004 ta ko‘zoynak, 4 000 dona N95 turidagi niqob va 78 000 ta uch qavatli niqob yubordi.  

Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Jahon sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan koronavirus epidemiyasiga qarshi Turkiya, qo‘shni davlatlardan Eronga tibbiy buyumlar jihatidan yordam ko‘rsatdi.

Turkiya Respublikasi hukumati bilan Eron Islom respublikasi hukumati o‘rtasida tibbiy sohada yordam ko‘rsatish haqidagi shartnomaga Turkiya Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziri o‘rinbosari Emine Alp Meshe bilan Eronning Anqaradagi elchisi Muhammad Farazmand tomonidan qo‘l qo‘yildi.

Shu doirada tibbiy buyumlar Eronga yuborildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #tibbiy buyumlar , #koronavirus

Aloqador xabarlar