BMT: “Idlibda zo‘ravonliklar kamayib, havo hujumlari to‘xtadi”.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha idorasi voizi Jens Laerke, tashkilotning Jenevadagi ofisida uyushtirgan matbuot anjumanida Idlibdagi oxirgi vaziyatga to‘xtaldi.

1378116
BMT: “Idlibda zo‘ravonliklar kamayib, havo hujumlari to‘xtadi”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha Turkiya bilan Rossiyaning Idlib masalasi ustidan kelishib olishi ortidan mintaqada zo‘ravonliklar kamayib, havo hujumlari to‘xtagan.   

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha idorasi voizi Jens Laerke, tashkilotning Jenevadagi ofisida uyushtirgan matbuot anjumanida,

“Turkiya bilan Rossiya tomonidan Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilinganidan keyin umumiy olib qaraganda mintaqada zo‘ravonliklar kamayib, havo hujumlari to‘xtadi. Shuningdek, mintaqalarda uy-joyini tark etganlar ham kamaya boshladi” dedi.

Laerke, bunga qaramay Idlibni xavfsiz hudud deyishning hozircha murakkab ekanligini eslatib o‘tgan holda Suriyadagi ichki urushning o‘ninchi yilida mamlakatning shimoliy-g‘arbining haligacha xavotir olinadigan darajada xavfli ekanligini ta’kidladi.  

Joriy yilning boshidan beri BMTning Turkiya orqali mintaqaga 2600 ta yuk tashuvchi mashina orqali gumanitar yordam ashyosi yetkazib berganini ifoda etgan Laerke, mintaqadagi tinch aholiga oid ta’sislarning infratuzilmasining himoya qilinishi kerakligini takrorladi.

Eslatib o‘tamiz Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 5-mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokara ortidan Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #BMT , #Jens Laerke

Aloqador xabarlar