Kovid-19 asta-sekin barcha davlatlarni,ayniqsa Yevropani karantinga tortmoqda.

Dekabr oyida Xitoyning Vuhan shahrida paydo bo'lgan koronavirusning yangi turi (Kovid-19) asta-sekin barcha davlatlarni, ayniqsa Yevropani karantinga tortmoqda.

1377594
Kovid-19 asta-sekin barcha davlatlarni,ayniqsa Yevropani karantinga tortmoqda.

Dekabr oyida Xitoyning Vuhan shahrida paydo bo'lgan koronavirusning yangi turi (Kovid-19) asta-sekin barcha davlatlarni, ayniqsa Yevropani karantinga tortmoqda.

Odamlarning hayotini yo'qotishi 16 mingga yetgan Italiyada Bosh vazir Juzeppe Konte koronavirus tufayli davlat xizmatlaridan tashqari barcha tijorat faoliyatlarini  to'xtatilganini ma'lum qildi.

Halok bo'lganlarning soni 86dan oshgan va   yuqtirganlar  soni 3 mingdan oshgan Ispaniyada yana bir vazirda  koronavirus testi ijobiy bo'lgan.

Tenglik vaziri Irene Monteroda  Kovid-19  aniqlangandan  keyin barcha vazirlar mahkamasi va Mintaqaviy siyosat vaziri Karolin Dariasda ham Korona testi  ijobiy chiqqan.

Fransiyada koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni 61 taga,  kasallangalar  soni esa 2876ga etgan bo'lsa-da, dushanba kuni barcha maktablar yopilishini  ma'lum qilindi.

Belgiya va Portugaliya ham aprelning boshlariga qadar ta'til qilgan maktablarga qo'shildi. Lyuksemburg maktablari shu oy oxiriga qadar yopiq bo'lishini e'lon qildi.

Buyuk Britaniyada  qurbon soni 10 taga, holatlar soni esa 590 taga yetdi.

Koronavirusning yangi turini (Kovid-19) tarqalishini nazoratga olish mumkin bo'lmagan mamlakatda "virusni nazorat ostida ushlab turish" bosqichidan "virus tarqalishini kechiktirish" ga o'tildi.

Bosh vazir Boris Jonsonning ta'kidlashicha, ushbu kasalliklar soni keskin ko'payishi kutilmoqda va mamlakatdagi sog'liqni saqlash tizimidagi eng yomon inqirozni boshidan kechirmoqda deb aytdi.

Bosh vazir Jonson, kasallikning engil alomatlari bo'lganlardan, kamida 7 kun davomida o'zlarini ajratib qo'yishni iltimos qildi va agar oila a'zolarida alomatlar bo'lsa, boshqa odamlarning  uydan chiqmasliklari kerak deb aytdi.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) AQShda tasdiqlandi, u yerda halok bo'lganlar soni 39 taga, yuqtirganlar soni 504 mingga ko'tarildi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining (CDC) ma'lumotlariga ko'ra, Kovid-19 50 shtatlarning 46ga tarqaldi.

Qat'iy choralar kuchaytirilgan AQShda (AQSh) Oq uy, Kongress  va Mudofaa vazirigi  (Pentagon) binolari tashrif buyuruvchilar uchun yopiq edi.

Kanadada 77 Kovid-19 holati aniqlandi, virus testidan o'tkazish Bosh vazir Jastin Trudoning rafiqasi Sofi Trudeoda ijobiy chiqishi natijasida  karantinga olingan.

Hozirgacha  bir kishi hayotini yo'qotgan Bolgariyada kecha 9 bemorda virus aniqlangan , virus bilan kasalangan soni 15 taga ko'paydi, shu bilan bog'liq bo'lgan200 dan ortiq odam qidirilmoqda.

Chexiya Bosh vaziri Adrej Babis, favqulodda holat  e’lon qilib virusning  tarqalishining oldini olish bo'yicha qo'shimcha choralarni ko'rish to'g'risida qaror qabul qilganliklarini e'lon qildi. Chet elliklarning Germaniya va Avstriyadan Chexiya Respublikasiga kirishiga ruxsat berilmasligini aytib, Babis barcha viza tartiblari keyingi e'lon qilinmaguncha to'xtatilganligini, Chexiyaliklarning   o’z mamlakatga kirishi mumkinligini va  tashrif buyurganlar  ikki hafta davomida karantinaga olinadi deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #karatina , #Yevropa , #Koronavirus

Aloqador xabarlar