Eronda soxta spirtli ichimlik yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Eronda soxta spirtli ichimlik yuzasidan jon berganlar sonining yuzga yaqinlashgani aytilmoqda.

1377625
Eronda soxta spirtli ichimlik yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Eronning Xuziston, Elburz, Fors va Mozandaron viloyatlarida oxirgi bir haftada soxta spirtli ichimlik yuzasidan jon berganlar soni 81 nafarga yetdi.

Mavzu haqida Eronning rasmiy IRNA axborot agentligiga intervyu bergan Favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish tashkilotining Fors bo‘limi rahbari Muhammad Javad Muradiyan, Fors viloyatida 9 - martdan beri soxta spirtli ichimlik yuzasidan 103 kishining zaharlangani va ularning kasalxonaga yotqizilganini qayd etdi.

Muradiyan, zaharlanganlardan yana 8 nafarining jon berganligini, qolganlarning esa davolanayotganligini ifoda etdi.  

Eslatib o‘tamiz Eronning Xuziston viloyatida 46, Elburzda 15, Mozandaron viloyatida esa 12 kishining soxta spirtli ichimlik yuzasidan jon berganligi ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #soxta spirtli ichimlik

Aloqador xabarlar