Iroqda harbiy bazaga hujumda amerikalik harbiylar halok bo‘ldi

“11 mart kechki payt 3 nafar koalitsiya harbiyi “Toji” harbiy bazasiga otilgan raketa hujumi oqibatida halok bo’ldi. 12 harbiy jarohatlandi”,-deyiladi bayonotda.

1376912
Iroqda harbiy bazaga hujumda amerikalik harbiylar halok bo‘ldi

 

Iroqda AQSh harbiylari joylashgan “Toji” harbiy bazasiga katyusha raketasi otildi. Hujumda ikki amerikalik va bir britaniyalik harbiy halok bo‘ldi. Ular AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari harbiylari hisoblanadi. Hujumda 12 harbiy jarohatlangan.

Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi bayonot berdi.

“11 mart kechki payt 3 nafar koalitsiya harbiyi Toji bazasiga otilgan raketa hujumi oqibatida halok bo’ldi. 12 harbiy jarohatlandi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, AQSh va Iroq xavfsizlik kuchlari hamkorligida hujum bilan bog’liq tergov olib borilmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, harbiy bazaga 18 ta raketa kelib tushgan. Ular 107 mm lik hajmga ega.

Iroq xavfsizlik kuchlarining ma’lum qilishicha, raketalar bazadan bir necha kilometr uzoqlikdan otilgan.

Shuningdek, u yerda yuk mashinasiga o‘rnatilgan raketalarni otishga mo‘ljallangan qo‘lbola qurilma topilgan.


Tanlangan kalimalar: #harbiy baza , #harbiy , #AQSh , #Iroq

Aloqador xabarlar