Rus matbuoti Prezident Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvini baholadi

Rus matbuoti tunov kuni poytaxt Moskvada bo‘lib o‘tgan Erdo‘g‘an – Putin uchrashuvini baholadi.

1373752
Rus matbuoti Prezident Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvini baholadi

Rus matbuoti Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin uchrashuvini Suriyaning Idlib mintaqasidagi vaziyatning yaxshilanishiga hissa qo‘shishiga e’tibor qaratdi.

Rus matbuoti tunov kuni poytaxt Moskvada bo‘lib o‘tgan Erdo‘g‘an – Putin uchrashuvini baholadi.

Vedomosti gazetasi bu haqidagi ma’lumotni, “Rossiya bilan Turkiya Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish borasida kelishib oldi” degan ifodalar bilan berar ekan,

Izvestiya gazetesi sammitni, “O‘q uzishni to‘xtatish jarayoni: rus va turk lider yangi modda ustida kelishib oldi” degan sarlavha bilan tarqatdi.

Unda, “Uchrashuv Suriyaning Idlib mintaqasidagi vaziyatni yaxshilshga hissa qo‘shadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiyskaya gazetasi, uchrashuvning qariyb 6 soat davom etganiga e’tibor qaratgan holda ikkala liderning Idlib masalasi haqidagi kelishuvning tinchlik jarayonini ta’minlashini qayd etdi.

Rossiyaning “TASS” axborot agentligi, “Rossiya va Turkiya Idlibdagi muammoni hal qildi” degan sarlavha bilan tarqatgan xabarida, ikkala mamlakatning ham Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligining himoya qilinishi kerakligida hamfikr ekanligini ta’kidladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar