Ukrainaning yangi bosh vaziri Denis Shmigal...

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bosh vazir lavozimiga Denis Shmigal nomzodini tasdiqlash taklifi qabul qilindi.

1372439
Ukrainaning yangi bosh vaziri Denis Shmigal...

 

Ukrainada yangi bosh vazir tayinlandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bosh vazir lavozimiga Denis Shmigal nomzodini tasdiqlash taklifi qabul qilindi.

Denis Shmigalning nomzodi uchun 291 deputat ovoz berdi, 59 deputat qarshi chiqdi, 49 deputat betaraflik bildirdi.      

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, yangi bosh vazir uchun 226 deputat ovoz berishi kerak. 

Shu bilan Ukrainaning yangi bosh vaziri lavozimini Denis Shmigal egalladi.

Ukraina oliy radasi avvalroq bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan Aleksey Goncharukning iste'fosini qabul qilgandi.

Shmigal rada deputatlari oldidagi nutqida u boshchilik qiladigan hukumatning birinchi vazifalaridan biri 2020 yilgi byudjetni qayta ko‘rib chiqish bo‘lishini aytgan.

45 yoshdagi Denis Shmigal 4 fevraldan boshlab bosh vazir o‘rinbosari hamda jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri lavozimlarini egallab kelayotgandi.

 

 



Aloqador xabarlar