AQSh harbiylari yaqinda Afg‘onistonni tark etadi

Pentagon rahbari Mark Esper 10 kundan keyin AQSh harbiylari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini ma’lum qildi.

1371000
AQSh harbiylari yaqinda Afg‘onistonni tark etadi

 

Pentagon rahbari Mark Esper 10 kundan keyin AQSh harbiylari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini ma’lum qildi.

Mark Esper Pentagonda matbuotga brifing chog’ida bu mavzuga aniqlik kiritgan.

Uning ta’kidlashicha, bu qaror shanba kuni AQSh bilan Tolibon o’rtasida imzolangan kelishuvga binoan qabul qilingan. Kelishuv asosida Afg’onistondagi to’qnashuvlarni qisman to’xtatish maqsad qilingan.

“Kelishuvda 135 kun ichida harbiylar sonini 8600 nafargacha kamaytirish ko‘zda tutilgan. AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi 10 kundan keyin boshlanadi. U yerdagi qo’mondonlarga bu ishni tinchlik bilan amalga oshirishni maslahat berdim”,-deb aytgan Pentagon rahbari.

29 fevral kuni Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida imzolangan tinchlik kelishuviga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqdoshlari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqmoqchi.

Kelishuv imzolangach, 4 yarim oy ichida AQSh qo‘shinlari soni 8600 nafargacha qisqartirilishi kerak. Bunga parallel ravishda koalitsiya va ittifoqdoshlar qo‘shinlari ham kamaytiriladi. So‘ngra toliblar barcha majburiyatlarni bajarsa, qolgan 9 yarim oy ichida Afg‘onistondan qolgan barcha kuchlar ham olib chiqib ketiladi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #AQSh , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar