Borisov, muhojirlar masalasida Turkiyaga yordam berilishi kerakligini qayd etdi

Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula von der Leyen bilan Suriyadagi oxirgi vaziyat va tartibsiz migratsiya inqirozini muhokama qildi.

1370193
Borisov, muhojirlar masalasida Turkiyaga yordam berilishi kerakligini qayd etdi

Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula von der Leyen bilan telefon orqali muloqat qilib, Suriyadagi oxirgi vaziyat va tartibsiz migratsiya inqirozini muhokama qildi.

Borisov unda,

“Bunday vaziyatda nafaqat Turkiya balki dunyoning hech qaysi davlati yolg‘iz tashlab qo‘yilmasligi kerak. Shunday ekan tezlik bilan Turkiyaga yordam qilinishi shart” degan ifodalarga o‘rin bergan.

Bosh vazirlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Boykov, Ursula von der Leyen bilan muhojirlarning Gretsiyaga ko‘chishidagi tashvishlarini bo‘lishgan.  

Borisov shu doirada Levenga, Bolgariya – Turkiya chegarasi haqida ham ma’lumot berar ekan nomi tilga olingan chegaraning hozircha tinch ekanligini qayd etgan.

Bosh vazir o‘z so‘zida bugun poytaxt Anqaraga tashrif buyurishi va Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi oxirgi vaziyatni muhokama qilishlari haqida ham aytgan.

Kelasi hafta Bolgariya – Turkiya – Gretsiya - Yevropa ittifoqi formatidagi yig‘lishga mezbonlik qilinishi rejalashtirilayotganligini ham eslatib o‘tgan Borisov,

“Mushtarak sa’y-harakatlar va diplomatiya yo‘li orqali muhojirlar muammosi uzoq muddatli hal qilinishi mumkin” dedi.



Aloqador xabarlar