Hasan Ruhoniy koronavirus bilan bog'liq xavotirga o'rin yo'qligini bildirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog’liq holatlarni dushmanning paytdan foydalanib odamlar orasida vahima ko‘tarishga qiyosladi.

1366881
Hasan Ruhoniy koronavirus bilan bog'liq xavotirga o'rin yo'qligini bildirdi

 

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog’liq holatlarni dushmanning paytdan foydalanib odamlar orasida vahima ko‘tarishga harakat qilishga qiyosladi.

Ruhoniy Tehronda koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan yig’ilishdan so’ng vaziyat haqida izoh bildirdi.

Prezident birinchi kunlarda shifoxonalarga shikoyat bilan kelganlar soni ko’pchilikni tashkil qilganligini, biroq oxirgi kunlarda bunday holat yo’qligini va sog’ayib ketganlar soni ko’pligini ma’lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, “dushmanlar” jamiyatda vahima ko‘tarishga urinmoqda, biroq odamlar koronavirus tufayli xavotirlanmasa ham bo‘ladi.

Ruhoniy shanba kunidan e’tiboran vaziyat o’z iziga tushishini ilgari surdi.

Eronda koronavirus qurbonlari soni 19 kishiga yetdi. 139 kishiga virus tashxisi qo’yildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Eron

Aloqador xabarlar