Yangi turdagi koronavirus tufayli jon berganlar soni ortdi

Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli jon berganlar soni 2 ming 665 nafarga yetdi.

1366167
Yangi turdagi koronavirus tufayli jon berganlar soni ortdi

Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli jon berganlar soni 2 ming 665 nafarga yetdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (NCH) tomonidan mavzu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko‘ra Xitoyda oxirgi 24 soat ichida 71 kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 508 kishining o‘ziga virus yuqtirib olgani aniqlangan.

Shu bilan birga jami jon berganlar soni 2 ming 665 nafarga yetdi. Jon berganlardan 2 nafari Gonkong maxsus ma’muriy tumanida qayd etildi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 77 ming 658 nafarga chiqdi.

Kovid-19 tufayli mamlakatning konun chiqaruvchi organi Milliy Xalq kongressi bilan Xitoy Xalq Siyosiy maslahat kengashining kelasi oyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yillik yig‘inining ham keyingiga qoldirilgani ma’lum qilingandi.

Aytib o‘tish joizki Milliy Xalq kongressi bilan Xitoy Xalq Siyosiy maslahat konferentsiyasi odatda bir yilda bir marotaba yig‘iladi va bu yilgi majlisning mart oyida 5 ming hay’atning ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan edi.  

Shu bilan birga Milliy Xalq kongressi Doimiy qo‘mitasi ham yovvoyi hayvon savdosi va ularni iste’mol qilishni umuman man etgandi.

Xubey viloyatiga qarashli Vuhan shahrida 12-dekabr kuni paydo bo‘lgan yangi turdagi koronavirusning qisqa vaqt ichida mamlakatning boshqa shaharlariga ham yoyilishi ortidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti “favqulodda vaziyat” deb e’lon qilgandi.  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar