Eronda koronavirus qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Hamedon viloyatida koronavirusga chalingan ilk holat aniqlandi. Bemorlardan biri vafot etdi.

1366151
Eronda koronavirus qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

 

Eronda yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusdan yana 4 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda qurbonlar soni 16 kishiga yetdi.

Aftabnews xabar sayti ma’lum qilishicha, Eronning Markaziy viloyatida 2 kishi virus tufayli vafot etdi.

Markaziy viloyatidagi Tibbiyot fakulteti dekani Abbos Nikrushning so’zlariga ko’ra, Saveda virusdan ikki kishi halok bo’lgan. Ulardan biri 82 yoshda, ikkinchisi 87 yoshdagi yurak va byurak kasalligiga qarshi davolanayotgan bemorlar bo’lgan.

ISNA xabar agentligining xabariga ko’ra, Elburz Universiteti Tibbiyot fakulteti dekani o’rinbosari Sayyid Husayin Elburz viloyatida koronavirusga chalinganligi aniqlangan uch kishidan biri vafot etganligini ma’lum qilgan.

U aholiga o’ta zarur bo’lmagan taqdirda ko’chalarga chiqmaslikni maslahat bergan.

IRNA rasmiy xabar agentligiga intervyu bergan Hamedon Tibbiyot fakulteti dekani o’rinbosari Manuchehr Kerimiy: “Chorshanba kuni Hamedon viloyatida koronavirusga chalingan ilk holat aniqlandi. Bemorlardan biri vafot etdi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Eron

Aloqador xabarlar