Koronavirus Afg‘onistonga ham yetib keldi

Mamlakat bo’ylab kamida 10 kishi koronavirus yuqtirishda gumon qilinib karantinga olingan.

1365308
Koronavirus Afg‘onistonga ham yetib keldi

 

Afg‘onistonda yangi turdagi Kovid-19 koronavirusi yuqtirishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.

Bu haqda sog’liqni saqlash vaziri Firozuddin Firuz ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, kecha 23 fevral kuni Afg’onistonning Hirot viloyatida bir kishida koronavirus alomatlari kuzatilgan bo’lib, u darhol tibbiy tekshiruvdan o’tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida unda koronavirus yuqtirish holati tasdiqlangan. Bemor yaqinda Eronning Qum shahridan Afg‘onistonga qaytgani aytilmoqda.

Ayni vaqtda Hirotda favqulodda holat joriy etilgan. 

Mamlakat bo’ylab kamida 10 kishi koronavirus yuqtirishda gumon qilinib karantinga olingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar