Germaniyaning Munih shahrida Liviyaga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’z ishini boshladi

Xalqaro anjumanda Turkiya bilan bir qatorda, BMT xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zolari Amerika Qo’shma Shtatlari, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya, bundan tashqari Misr, Italiya va BAA vakillari ishtirok etmoqda.

1360310
Germaniyaning Munih shahrida Liviyaga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’z ishini boshladi

 

Germaniyaning Munih shahrida Liviyaga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’z ishini boshladi.

Mazkur anjumanga Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas mezbonlik qilmoqda.

Xalqaro anjumanda Turkiya bilan bir qatorda, BMT xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zolari Amerika Qo’shma Shtatlari, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya, bundan tashqari Misr, Italiya va BAA vakillari ishtirok etmoqda.

Anjumanga Turkiyadan TIV rahbari Mavlud Chavushog’li qatnashmoqda.

Xalqaro anjumanda Liviyada tomonlar o’rtasida o’zaro sulh bitimini ta’minlash va qurol embargosini joriy etish kabi xususlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eslatish joizki, ushbu anjuman 19 yanvar kuni Berlinda o‘tkazilgan konferensiyaning davomi bo’lib hisoblanadi.

Ma’lumki, shu yilning 19 yanvarida Germaniya kantsleri Angela Merkelning taklifiga binoan, Liviyadagi vaziyatni barqarorlashtirishga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazilgandi. Unda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa ko’plab davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgandi.

Mazkur konferensiyada Xalifa Haftar Liviyada sulh tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortgani xabar qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #xalqaro anjuman , #Turkiya , #Liviya , #Germaniya

Aloqador xabarlar