Afg'onistonning Daykundi va Bamyan viloyatlarida qor ko'chkisi sodir bo'ldi

Daykundi viloyati Miramur tumanidagi bir uy ko'chki tagida qolib ketgan. Bir oiladan yetti kishi ko'chki ostida qolib ketgan.

1358342
Afg'onistonning Daykundi va Bamyan viloyatlarida qor ko'chkisi sodir bo'ldi

 

 

Afg'onistonning Daykundi va Bamyan viloyatlarida qor ko'chkisi oqibatida uch kishi halok bo'ldi.

Daykundi hokimligi xodimi Sokina Ehsoniy ma'lum qilishicha, shiddatli qor yog'ishi oqibatida Daykundi viloyatining bir necha tumanlariga transport qatnovi to'xtab qolgan.

Daykundi viloyati Miramur tumanidagi bir uy ko'chki tagida qolib ketgan. Bir oiladan yetti kishi ko'chki ostida qolib ketgan. Ulardan besh nafari qutqarilgan, ikki nafari hayotdan ko'z yumgan.

Bamyan viloyatining Vers tumanida ko'chki tagida qolgan bir kishi hayotdan ko'z yumgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #qor ko'chkisi , #Daykundi , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar