AQSh prezidenti Donald Tramp davlat tashrifi bilan Hindistonga kelmoqchi...

AQSh prezidenti Donald Tramp va turmush o’rtog’i Melaniya Tramp 24-25 fevral kunlari davlat tashrifi bilan Hindistonda bo’ladi.

1357508

Oq uy matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Tramp dastlab Hindiston poytaxti Yangi Dehlida bo’ladi, shuningdek Hindiston mustaqillik harakati va Mahatma Gandining hayotida muhim ro’l o’ynagan va ayni vaqtda bosh vazir Narendra Modining ona shahri bo’lgan Gujaratdagi Ahmadobodni ziyorat qilishi rejalangan.

Ma’lumotga ko’ra, o’tgan hafta Tramp va Narendra Modi telefon orqali muloqot qilgandi.

“Ikki yetakchi suhbat chog’ida ushbu tashrif AQSh-Hindiston o’rtasidagi strategik hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga Amerika va Hindiston xalqi o’rtasidagi mustahkam va chidamli aloqalarni yuqori pog’onaga olib chiqishiga bo’lgan ishonch qayd etildi”,-deyiladi ma’lumotda.

Tanlangan kalimalar: #tashrif , #Hindiston , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar