Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida portlash sodir etildi
Ma’lumotga ko’ra, xudkush bombachi Marshal Fahim milliy mudofaa universiteti yaqinida olomon gavjum bo’lgan vaqtda o’zini portlatib yuborgan.
1357218
![Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida portlash sodir etildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/20ed/c21c/b03e/5e428835a0aa1.jpg?time=1719136347)
Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir etildi.
Xudkush bombachi tomonidan sodir etilgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi.
Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko’ra, xudkush bombachi Marshal Fahim milliy mudofaa universiteti yaqinida olomon gavjum bo’lgan vaqtda o’zini portlatib yuborgan.
Portlashda 5 kishi halok bo’lgan, ulardan 1 nafari tinch aholi vakili, qolgan 4 nafari askar. Shuningdek, voqeada 5 askar jarohatlangan.
Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.
Aloqador xabarlar
![Isroil harbiy samolyotlari G'azoda ikkita uyni bombardimon qildi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/0089/7e85/9163/6677c75956b8d.jpeg?time=1719136348)
Isroil harbiy samolyotlari G'azoda ikkita uyni bombardimon qildi
Hujumda ko‘plab insonlar, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, ko'pchilik yaralandi.