Xitoyda koronavirusga qarshi niqob taqishdan bosh tortganlar nazorat ostiga olinishi mumkin

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 725 nafarga yetdi.

1355526
Xitoyda koronavirusga qarshi niqob taqishdan bosh tortganlar nazorat ostiga olinishi mumkin

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 725 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni esa 34 ming 827 nafar deb qayt etildi.

Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko’ra mamlakat bo’ylab tarqagan mazkur kasallikni yuqtirib olganlar soni 34 ming 827 nafar deb qayt etilgan. Ulardan 6 ming 101 nafarining ahvolining og’ir ekanligi aniqlandi.

Shu bilan birga virus yuqtirib olgan bo’lishlari mumkinlar soni 27 667 nafarga chiqar ekan virus yuqtirib olganlar bilan qanaqadir aloqada bo’lganligi tufayli nazorat ostiga olinganlar soni 189 660 nafarni tashkil etdi.

Bundan tashqari virusdan aziyat chekkanlar soni Gonkong maxsus ma'muriy tumanida 26, Makao maxsus ma'muriy tumanida esa 10 nafarga yetdi.

Pekin munitsipaliteti tomonidan berilgan bayonotda mehmonxona, restoran, supermarket, ko'ngil ochish joylari, jamoat transporti va shunga o’xshash joylarda niqob taqilishi kerakli qayd etildi.

Niqob taqishni rad etganlarning avvaalom bor ogohlantirilishi, shunga qaramay bosh tortgudek bo’lsa nazorat ostiga olinishi mumkinligi ta’kidlandi.

Aytib o'tish joizki yangi turdagi koronavirus eng avvalo Xitoyning Xubey viloyatiga qarashli Uxan shahrida, 2019-yilning 12-dekabrida uchratilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar