Rossiya Xitoyning Uxan shahridan fuqarolarini olib chiqib ketdi

Uxandan evakuatsiya qilingan fuqarolar orasida 128 nafari rossiyalik, 16 nafari MDH davlatlari fuqarolari hisoblanadi. Jami 144 kishi Uxan shahqidan ikkita charter samolyotida Rossiyaga olib kelingan.

1353995
Rossiya Xitoyning Uxan shahridan fuqarolarini olib chiqib ketdi

 

 

Rossiya yangi turdagi koronavirusning (2019-nCoV) tarqalish o’chog’i bo’lgan Xitoyning Uxan shahridan ruslarni va qo’shni MDH davlatlariga a’zo ba’zi mamlakatlarning fuqarolarini Uxandan olib chiqib ketdi.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Xitoydagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari 2-fevraldan boshlangan. Xozirda Xitoydagi Rossiya fuqarolarining soniga aniqlik kiritilmoqda. Bular nafaqat Rossiya fuqarolari, balki qo‘shni MDH davlatlari, xususan, Ukraina, Belarus, Armaniston, Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabarlar bor.

Uxandan evakuatsiya qilingan fuqarolar orasida 128 nafari rossiyalik, 16 nafari MDH davlatlari fuqarolari hisoblanadi. Jami 144 kishi Uxan shahqidan ikkita charter samolyotida Rossiyaga olib kelingan.

Tekshiruvlarga ko’ra, ushbu fuqarolarda virus alomatlari kuzatilmagan, biroq tadbir olish maqsadida ular Tyumen shahridagi sog’liqni saqlash markazida 14 kunlik karantinga olinadi.

Rossiya bosh vazir o’rinbosari Tatyana Golikova avvalroq Tyumen va Sibir janubidagi Transbaykal hududida Xitoy fuqarosi bo’lgan 2 nafar shaxsda koronavirus aniqlanganligini ma’lum qilgandi.

Rossiya tobora keng tarqalib borayotgan o’ta xavfli koronavirus tufayli Xitoy chegarasini yopishga qaror berdi.

Shuningdek, Xitoy fuqarolariga e-viza berishni vaqtinchalik to’xtatdi.

Rossiyaning ba’zi kompaniyalari Xitoyga samolyot va poyezd reyslarini to’xtatdi.Shu bilanXitoy bilan temir yo‘l orqali yo‘lovchilar qatnovi 3-fevraldan boshlab to’xtatildi.

Rossiya bosh vaziri Mihail Mishustin tomonidan imzolangan qarorga binoan, Xitoy bilan Rossiya o’rtasida joriy etilgan vizasiz sayohat rejimi to’xtatildi. Bunga ko’ra, Xitoy fuqarolariga beriladigan mehnat vizasi ham to’xtatildi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Uxan , #Rossiya

Aloqador xabarlar