Qatar va Pokiston havo kuchlari qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlarni amalga oshirdi

"Zilzila-1" nomli qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlar Qatar va Pokiston havo kuchlari o'rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi.

1352128
Qatar va Pokiston havo kuchlari qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlarni amalga oshirdi

 

Qatar va Pokiston havo kuchlari Doha shahrida "Zilzila-1" nomli qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlarni amalga oshirdi.

Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, ushbu qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlarda ko'zlangan maqsad qo'shinning jangovarlik qobiliyatini oshirish, urush holatida jangovar manevrlarni qo'llash va ikki tomon o'rtasida tajriba almashishdan iborat.

""Zilzila-1" nomli qo'shma havo-harbiy mashg'ulotlar Qatar va Pokiston havo kuchlari o'rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi. Ushbu mashg'ulotlar kelgusida o'tkaziladigan keng ko'lamli tadbiqotlarning bir bo'lagi hisoblanadi",-deb ma'lum qildi harbiy uchuvchi Ali al-Ahbabiy.

 

 



Aloqador xabarlar