Oxirgi 24 soat ichida yangi turdagi koronavirus tufayli 38 kishi jon berdi

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlarning umumiy soni 170 nafarga yetdi.

1350133
Oxirgi 24 soat ichida yangi turdagi koronavirus tufayli 38 kishi jon berdi

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 170 nafarga yetdi.

Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko’ra Xitoyning barcha shahri, shtati, avtonom viloyati va maxsus ma'muriy viloyatida yangi turdagi koronavirus kasalligi yuqtirib olganlar soni 7 711 nafarga yetgan. Ulardan 1 370 nafarining ahvoli og’ir.  

Shu bilan birga virus yuqtirib olgan bo’lishlari mumkinlar soni 12 167 nafarga chiqar ekan virus yuqtirib olganlar bilan qanaqadir aloqada bo’lganligi tufayli nazorat ostiga olinganlar soni 81 947 nafarga yetdi.

Bugungacha mazkur virusdan davolanib, shifo topganlar soni esa 124 nafardir.

Bundan tashqari virusdan aziyat chekkanlar soni Gonkong maxsus ma'muriy tumanida 10, Makao maxsus ma'muriy tumanida esa 7 nafarga yetdi.

Oxirgi 24 soat ichida mamlakat bo’ylab 1 737 kishida yangi turdagi koronavirus kasalligi kuzatilar ekan, shu kasallik tufayli 38 kishining jon berganligi aniqlandi.

Bugungacha mazkur kasallikdan jon berganlarning 162 nafari nomi tilga olingan virusning epitsentri hisoblangan Xitoyning Xubey viloyatida deb qayd etilgan.

Sichuan, Xaynan, Xibey, Xeylongchyan viloyatlari va Pekin bilan Shanxay shaharlarida 1 kishi, Xinan viloyatida esa 2 kishi jon bergan.

Markazga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan shaharlardan Pekinda 111, Shanxayda 101, Tyantszinda 27, Chongchingda 165 kishining yangi turdagi koronavirus yuqtirib olganligi kuzatilar ekan Xubeyda buning soni 4 586 nafarga yetdi.

 



Aloqador xabarlar