Liviyada Xalifa Xafterga  bog’liq militsiya kuchlari sulhni buzishga davom etmoqda.

Liviya sharqidagi noqonuniy qurolli kuchlarning yetakchisi Xalifa Xafterga  bog’liq  militsiya   kuchlari Berlin konferensiyasining  chaqiriqlarga qaramay poytaxt Tripolining janubida turli jabhalarda qilgan hujumlari bilan sulhni buzishga davom etmoqda.

1346655

Liviyada taraflar,  Berlin konferensiyasida "sulhga sodiq qolishlarini" va'da qilganlariga qaramay, Tripolida kun davomida portlash shovqinlari yangradi.

Hafter  militsiya kuchlari poytaxtning  janubidagi Xallatat jabhasiga  bugun ertalab  qilgan kuchli hujumlari  bilan sulhni buzdi, ammo Liviya xalqaro qonuniy hukumatiga bog'liq kuchlar vaziyatni nazoratga olishdi.

Xafter janggarilari Tripolining janubidagi Remle viloyatidagi aeroport ko'prigi hududida tiklanishga va oldinga siljishga harakat qilishdi, ammo   Xalqaro qonuniy hukumatiga bog’liq kuchlar bu harakatlarga yo'l qo'ymadi. Ushbu janggarilarni XQH   kuchlari bartaraf etdi.

Shuningdek, vaqti-vaqti bilan Xafter janggarilarining otishlarini  bartaraf etish  uchun to'qnashuvlar sodir bo’ldi.

Liviyadagi tomonlar va xalqaro hamjamiyat 19-yanvar yakshanba kuni Germaniyaning  poytaxti Berlinda  yig'ilish paytida Tripolining  janubidagi Xallatat mintaqasida Xafter qo'shiniga qarashli guruhlar sulhni buzgan edi.  Xafter militsiya kuchlari neft tankerlariga hujum qilishi natijasida yong'in sodir bo’ldi.

Tanlangan kalimalar: #Deklaratsiya , #Berlin , #Kuch , #Xalifa Haftar , #Buzish , #Sulh , #Liviya

Aloqador xabarlar