31-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Brexit qaror qirolichasining tasdiqi bilan kuchga kirdi.
31-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan (YI) rasmiy ravishda ajralib chiqishi uchun huquqiy asos tashkil etgan loyiha, Brexit qirolichasining tasdiqi bilan kuchga kirdi.
31-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan (YI) rasmiy ravishda ajralib chiqishi uchun huquqiy asos tashkil etgan loyiha, Brexit qirolichasining tasdiqi bilan kuchga kirdi.
Tez orada qonun parlamentning quyi qanoti bo'lgan Jamoatlar palatasidan o'tdi va Lordlar Palatasida ba'zi o'zgarishlar kiritilgandan keyin qaytarib yuborilgan edi.
Bosh vazir Boris Jonson Jamoatlar palatasidagi ko'pchilik ovozidan foydalangan holda o'zgarishlarni bekor qildi va qonun loyihasini Lordlar Palatasiga qaytarib yuborgan edi.
Britaniya va YI o'rtasidagi Brexit bitimiga ko'ra, mamlakat aslida 31 dekabrgacha ittifoq a'zosi bo'lib qoladi, ammo siyosiy qarorlar mexanizmlariga ishtirok etmaydi. Ushbu o'tish davrida tomonlar erkin savdo to'g'risida keng qamrovli kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib boradilar.
Agar Britaniya o'tish davrini uzaytirishni xohlasa, eng kamida iyun oyida talab qilishi kerak bo’lardi . Biroq, Jonson hukumati, uzaytirishni talab qilmasligini va 31 dekabr kuni kelishuvga erishiladimi yoki yo'qmi, mamlakatni YI tarkibidan ajratishini e'lon qilgan edi.
2016 yilda Angliyada bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqining ommaviy ovoz berishida Brexit qarori 48 foiz o'rniga 52 foiz bilan qabul qilingan edi.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.