Falastin Yevropaning poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatini tan olishini xohlaydi

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron uchrashuv o'tkazdi.

1345837
Falastin Yevropaning poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatini tan olishini xohlaydi

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos, Fransiya bosh bo’lish bilan birga mummoning ikkala davlat o’rtasida hal qilinishiga ishongan Yevropa davlatlarining 1967-yildagi chegarasida poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatini tan olishini xohlaganliklarini qayd etdi.

Falastin axborot agentligi WAFA tarqatgan ma’lumotga ko’ra Abbos bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ramalloh shahridagi Prezidentlik binosida uchrashgan.

Mazkur uchrashuvda mintaqada yuz bergan oxirgi vaziyat bilan Falastin masalasini hal qilishdagi siyosiy jarayonning natijalari baholanib, shu haqida fikr almashilgan.

Mahmud Abbos uchrashuv chog’ida Falastin muammosining “ikkala davlat o’rtasida va xalqaro huquq asosida hal qilinishi va tinchlikning o’rnashini qo’llab-quvvatlagan” munosabati uchun Makronga minnatdorchilik bildirgan.

Makron esa uchrashuvda Fransiyaning muammoning ikkala davlat o’rtasida hal qilinishini qo’llab-quvvatlagan munosabatini takrorlab, Falastin xalqini o’z tashkilotlari va iqtisodiyotini ta’sis etishiga yordam berishni davom ettirishini qayd etgan.

Aytib o'tish joizki Fransiya Prezidenti Makron Beshinchi Xalqaro Holokost forumida ishtirok etish uchun Isroilga borar ekan u yerdan kecha Falastinga o’tgandi.



Aloqador xabarlar