Donald Tramp yetti davlat fuqarolariga viza cheklovi joriy etishni rejalashtirmoqda

AQShga kirish taqiqlanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga Belorusiya, Eritreya, Qirg’iziston, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya kiritilishi mumkin.

1345904
Donald Tramp yetti davlat fuqarolariga viza cheklovi joriy etishni rejalashtirmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyo va Afrikadan 7 davlatga viza cheklovi joriy etishni rejalashtirmoqda.

AQSh mediasida o’rin olgan xabarlarga ko’ra, AQShga kirish taqiqlanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga Belorusiya, Eritreya, Qirg’iziston, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya kiritilishi mumkin.

Oq uydagi manbalarga asoslanib berilgan xabarda, ushbu ro’yxatning tarkibi hanuz aniq emas.

Mamlakatlar AQShga umumiy sayohat qilish bo‘yicha cheklovlarga duch kelmaydilar, biroq biznes yoki mehmon kabi vizalarning ayrim turlariga nisbatan qo‘llaniladigan cheklovlarga ega bo‘lishi mumkin.

Ushbu rejaga doir batafsil ma’lumot berilmagan. Bunga doir barcha faoliyatlar yakunlanganda Oq uy ma’muriyati rasmiy bayonot beradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp dastlab 2017 yil yanvar oyida ba'zi davlatlar fuqarolarining Amerika Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Ushbu davlatlar orasida Eron, Suriya, Liviya, Yaman, Somali, Chad va Shimoliy Koreya ham bor edi.

Dastlab farmonda asosan musulmon aholisi bo‘lgan yetti mamlakat fuqarolariga viza berishni rad etish nazarda tutilgan. Keyinchalik bir qator sud ishlari natijasida hujjatga ba'zi o‘zgarishlar kiritildi. Natijada, farmonning yakuniy versiyasi Eron, Liviya, Somali, Suriya, Yaman, Venesuela va Shimoliy Koreyadan bo‘lgan ba'zi fuqarolarning AQShga kirishini cheklagandi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #cheklov , #viza , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar