Vladimir Putin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Berlinda o'tkazilishi rejalangan Liviya konferensiyasiga tayyorgarliklar ko'zdan kechirildi.

1340407
Vladimir Putin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi.

Suhbat chog'ida Berlinda o'tkazilishi rejalangan Liviya konferensiyasiga tayyorgarliklar ko'zdan kechirildi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Putin bilan Merkel telefon orqali muloqot qildi.

"Ikki yetakchi suhbat chog'ida Liviya inqiroziga barham berish maqsadida rejalangan Berlin konferensiyasiga tayyorgarlikni ko'zdan kechirdi. Putin Liviyadagi tomonlar ishtirokida Moskvada o'tkazilgan muzokaralar haqida Merkelga ma'lumot berdi",-deyiladi bayonotda.

 

 

 



Aloqador xabarlar