Eron tomonidan qulatilgan uchoqda jon bergan 50 kishining kim ekanligi aniqlandi

Eron Sud-tibbiy ekspertizasi bo’limi rahbari Abbas Masjidiy, raketa orqali qulatilgan Ukraina uchog’ida jon bergan 176 kishidan 50 tasining kim ekanligining aniqlanganligini ma’lum qildi.

1339868

Erondagi ISNA axborot agentligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra poytaxt Tehronda matbuot anjumani uyushtirgan Masjidiy,

“Jasadlardan olingan 800 ta namuna ko’rib chiqildi. Natijada 50 kishining kim ekanligi aniqlandi” dedi.

Masjidiy, jon bergan boshqalarining ham kim ekanligining tez kunlarda aniqlanishi uchun mutaxassislarning o’z faoliyatlarini davom etganligini belgilab o’tdi.

Aytib o'tish joizki Tehrondagi Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportdan Ukraina poytaxti Kiyev tomon yo’l olgan Boeing 737 rusumidagi yo’lovchi uchog’ining 8-yanvar haftaning chorshanba kuni ko’tarilishidan ko’p o’tmay yerga qulashi oqibatida uchoqdagi 176 kishi jon bergandi.

Uchoqning Eron armiyasi tomonidan raketa orqali qulatilganligi haqidagi iddiolarga qarshi chiqqan Tehron yetakchiligi, voqeadan 3 kun o’tib yo’lovchi uchog’ining “cruise raketasi” deb tahmin qilinganligini va qisqa masofali raketa orqali “bilmasdan, yanglishib” urilganini tan olgandi.  

Tanlangan kalimalar: #Eron , #Ukraina , #Sud-tibbiy ekspertizasi

Aloqador xabarlar