Donald Tramp Eronga yana ham og’irroq sanksiyalar joriy etganligini ma’lum qildi

Tramp: “Eronga yana ham kuchliroq sanksiyalar joriy etdik. Avvalgi sanksiyalar og’ir edi, biroq bular undan ham og’irroq. Biroz avval bularni tasdiqladim”,-dedi.

1338383
Donald Tramp Eronga yana ham og’irroq sanksiyalar joriy etganligini ma’lum qildi

 

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga kuchli zarbalar berilganligi sababli Eronga yana ham og’irroq sanksiyalar joriy etganligini ma’lum qildi.

Oq Uyda bo’lib o’tgan tadbirda ma’ruza qilgan Donald Tramp Eron bilan AQSh o’rtasidagi keskinlikka to’xtaldi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh eronlik general Qosim Sulaymoniyni o’ldirishda haqli.

“Uni oldinroq o’ldirish kerak edi. Obama hukumatining xatolari tufayli Eron rejimi moddiy jihatdan ancha kuch qozondi va katta pullarni terroristlarga homiylikka sarfladi. Biz bunga chek qo’ydik”,-deb aytgan Donald Tramp.

Eronning Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga sodir etgan hujumiga qat’iyan javob berilishini bildirgan Tramp: “Eronga yana ham kuchliroq sanksiyalar joriy etdik. Avvalgi sanksiyalar og’ir edi, biroq bular undan ham og’irroq. Biroz avval bularni tasdiqladim. Sizlarga moliya vaziri ma’lum qiladi”,-dedi.

Yangi sanksiyalarning tarkibiga doir izoh bildirmagan Tramp: “Barchaga e’lon qilinganda siz ham xabardor bo’lasiz”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #sanksiya , #Donald Tramp , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar