Eronda avtobusning to'ntarilib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, avtohalokatda 20 kishi hayotdan ko’z yumgan, 23 kishi jarohatlangan.

1337666
Eronda avtobusning to'ntarilib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo'ldi

 

Eronning Mazanderan viloyatida avtobus halokati ro’y berdi.

Fojiada 20 kishi halok bo’ldi.

Eron Davlat televideniyesi xabar berishicha, Texrondan Kunbed shahriga ketayotgan avtobus Mazanderan viloyatiga qarashli Duab hududida to’ntarilib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, avtohalokatda 20 kishi hayotdan ko’z yumgan, 23 kishi jarohatlangan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelishgan. Yaradorlar atrofdagi shifoxonalarga yotkizilgan.

Eronda yilda taxminan 20 ming kishi turli yo’l-tranport hodisalarida halok bo’ladi. Haddan ziyod tezlik, charchagan holda mashina haydash va yo’l-transport qoidalariga amal qilmaslik kabi holatlar buning sabablaridan biridir.

 


Tanlangan kalimalar: #Mazanderan , #avtobus halokati , #halokat , #Eron

Aloqador xabarlar