Eron Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga ballistik raketalar bilan hujum qildi

Eron Davlat televideniyesi ma’lum qilishicha, AQSh harbiy bazalariga 15 ta raketa otilgan va 80 nafar amerikalik o’ldirilgan.

1336893
Eron Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga ballistik raketalar bilan hujum qildi

 

Eron Iroqning Erbil va Anbar viloyatlarida joylashgan AQSh harbiy bazalariga ballistik raketalar bilan zarbalar berdi.

Eron Davlat televideniyesi ma’lum qilishicha, AQSh harbiy bazalariga 15 ta raketa otilgan va 80 nafar amerikalik o’ldirilgan.

Fors xabar agentligi zarbalarga doir tasvirlarga o’rin berdi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko’ra, juma kuni AQSh tomonidan eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganligi uchun qasos olish maqsadida, AQShning Iroqdagi Ayn al-Asad aviabazasi o’ndan ortiq ballistik raketalar bilan nishonga olindi.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi. 

Agar Vashington javob zarbasi berishga ahd qilsa, unda Eron AQShning yana ko’plab ob’yektiga hujum qilishga tayyor deb ogohlantirdi.

Ayni vaqtada mintaqada AQSh harbiy bazalariga ega bo’lgan davlatlar ham ogohlantirildi.

“Qanday bo’lmasin, Eronga qarshi dushmanlarcha hujum qilingan joy nishonga olinadi”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Eron AQSh xalqiga ham murojaat bilan chiqdi.

“Yaqin sharqdagi Amerika harbiylari zarar ko’rmasligi uchun ularni vataniga qaytaring!”,-deyiladi AQSh xalqiga murojaatda.

Pentagon esa, AQShning ikkita harbiy bazasiga hujum qilinganini tasdiqladi.

Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, Erbildagi AQSh havo-harbiy bazasi ham raketa zarbasiga uchragan. Eron o‘n ikkidan ortiq ballistik raketalar bilan hujum qilgan.

Pentagon zararni baholashda davom etmoqda. 

Pentagon kotibi Jonathan Hoffman vaziyat to’g’risida yozma bayonot berdi:

“7 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:30 atrofida AQSh askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi AQSh havo-harbiy bazasi ham Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu raketalar Erondan otilgan. Zararni baholashga harakat qilyabmiz”,-deyiladi bayonotda.

Uning ta’kidlashicha, Pentagon Eronning barcha ehtimoliy hujumlariga qarshi barcha chora-tadbirlarni oldi. Iroqda joylashtirilgan Amerikaning erta ogohlantirish tizimlari ehtimoliy raketa hujumi haqida o‘z vaqtida ogohlantirilgan va harbiylar bunkerlarda yashirinish imkoniga ega bo‘lishgan.

Oq uy kotibi Stephanie Grisham prezident Donald Trampga vaziyat haqida ma’lumot berganligini va vaziyat yaqindan kuzatib borilganligini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #harbiy baza , #aviazarba , #AQSh , #Iroq , #Eron

Aloqador xabarlar