Eron yadroviy kelishuvdagi cheklovlarga amal qilishdan voz kechdi

“Tehron yadro dasturi bo‘yicha, uranni boyitish, omborlash va bu sohada tadqiqoqlar o‘tkazish hamda dasturni yanada rivojlantirishda hech qanday cheklovlarga qat’iyan bo’y sunmaydi”,-deyiladi Eron hukumati bayonotida.

1335306
Eron yadroviy kelishuvdagi cheklovlarga amal qilishdan voz kechdi

 

 

Eron yadro dasturi bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasidan chiqishini ma’lum qildi. Shuningdek, yadroviy kelishuvdagi barcha cheklovlarga amal qilmasligini ma’lum qildi.

Eron hukumati bu haqda yozma bayonot berdi.

“Tehron yadro dasturi bo‘yicha, uranni boyitish, omborlash va bu sohada tadqiqoqlar o‘tkazish hamda dasturni yanada rivojlantirishda hech qanday cheklovlarga qat’iyan bo’y sunmaydi”,-deyiladi Eron hukumati bayonotida.

“Eron yadro kelishuvi asosida sentrifugalar soni bo‘yicha cheklovlardan batamom voz kechadi. Hukumat yadro dasturini o’z ehtiyojlariga ko’ra amalga oshiradi”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, Eron hukumati Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik bilan hamkorlikni davom ettiradi. Agar Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinsa, hamda uning manfaatlari kafolatlansa, yadro kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyor bo’ladi.

Darvoqe, Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi bosh kotibi Ali Shemhaniy Islom inqilobi muhofizlari korpusining "Al-Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyni o’ldirgan AQShga qat’iyan harbiy javob berilishini ma’lum qildi.

Eron davlat matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Asad rejimining xavfsizlik kengashi rahbari Ali Memluk bilan uchrashgan Shemhaniy Sulaymoniyning o’ldirilishi bilan bog’liq “Eron qat’iyan harbiy yo’l bilan Amerikadan qasos oladi. Eronning javobi harbiy yo’l bilangina cheklanib qolmaydi”,-dedi.
Eslatish joizki, Birgalikdagi harakatlar rejasi 2015 yilda Eron va 6 ta davlat o‘rtasida imzolangan.

Kelishuvda Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi evaziga Tehronning o‘z yadro dasturini cheklashi ko‘zda tutilgandi.

Biroq 2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqishini va Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar tiklanishini e'lon qilgandi. Shundan keyin Tehron harakatlar rejasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirishni boshlagandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #yadroviy kelishuv , #Eron

Aloqador xabarlar