Iroqda 3 kunlik milliy motam e'lon qilindi

“Iroq Qurolli kuchlari qo’mondoni va bosh vazir Odil Abdulmehdi shahidlar xotirasi uchun bugundan e’tiboran uch kunlik motam e’lon qildi”,-deyiladi bayonotda.

1334919
Iroqda 3 kunlik milliy motam e'lon qilindi

 

 

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi Bog’dodda AQSh tomonidan o’ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shialarining “Kataib Hizbulloh” guruhi rahbari Abu Mahdi al-Muhandisning o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

Bu haqda Abdulmehdining matbuot kotibi yozma bayonot berdi.

“Iroq Qurolli kuchlari qo’mondoni va bosh vazir Odil Abdulmehdi shahidlar xotirasi uchun bugundan e’tiboran uch kunlik motam e’lon qildi”,-deyiladi bayonotda.

Pentagon 3 yanvarga o‘tar kechasi sodir etilgan AQSh aviazarbalari oqibatida Bag‘dod aeroporti hududida Islom inqilobi muhofizlari korpusi tarkibidagi “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy va Iroq shialarining “Kataib Hizbulloh” guruhi rahbari Abu Mahdi al-Muhandis o’ldirilganligini ma’lum qilgandi.

Aviazarbalarda Sulaymoniy va al-Muhandis bilan bir qatorda, jami 10 kishi halok bo’lgandi.

Pentagon Sulaymoniyning AQSh prezidenti buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilganini tasdiqladi.


Tanlangan kalimalar: #Qosim Sulaymoniy , #motam , #Iroq

Aloqador xabarlar