Liviyaliklar Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Liviya poytaxti Tripolida xalq bir tomondan TBMMda qabul qilingan Liviyaga askar yuborish haqidagi qarorni nishonlar ekan, ikkinchi tomondan esa inqilobchi general Halifa Hafterga norozichilik ko’rsatdi.

1334623
Liviyaliklar Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
libya.jpg
libya.jpg
libya.jpg

Liviya poytaxti Tripolida xalq bir tomondan Turkiya Buyuk Millat Majlisida qabul qilingan Liviyaga askar yuborish haqidagi qarorni qutlar ekan, ikkinchi tomondan esa inqilobchi general Halifa Hafterga norozichilik ko’rsatdi.

Kecha oqshom soatlarida poytaxtning qalbi hisoblangan Shahidlar maydonida yig’ilgan tripoliliklar, Hafter yetakchiligida uyushtirilgan hujumlarga e’tiroz bildirdi.

Tripoliliklar maydondagi sahnadan Turkiyaga Liviyaga askar yuborish haqida qaror qabul qiligani va Liviyaning qonuniy vakili Milliy Kelishuv hukumatini qo’llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatodochilik bildirdi.

Maydonni to’ldirgan ko’pchilik Hafterni qo’llab-quvvatlagan mamlakatlarga esa e’tiroz bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotini Tripolida yuz bergan voqealarga e’tiborsiz qolganlikda ayblagan liviyaliklar, Hafterni qo’llab-quvvatlagan mamlakatlarga qarshi norozichilik mazmunda shiorlar aytdi.

Maydonda Turk bayrog’idan tashqari Jazoir va Tunis bayroqlari ham o’rin oldi.

 



Aloqador xabarlar