Afg’onistondagi Tolibon hujmida 4 nafar xavfsizlik xodimi jon berdi

Afg’onistonda Tolibon a’zolarining Bilchirog’dagi politsiya bo’limiga hujum qilishi ortidan to’qnashuv kelib chiqdi.

1333490
Afg’onistondagi Tolibon hujmida 4 nafar xavfsizlik xodimi jon berdi

Afg’onistonning shimolidagi Faryab viloyatining Bilchirog’ tumanidagi politsiya bo'limiga Tolibon a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujumda 4 nafar xavfsizlik xodimi jon berdi.

Faryabdagi Milliy Politsiya idorasi Matbuot xizmati kotibi Abdul Karim Yurish, Tolibon a’zolarining Bilchirog’dagi politsiya bo’limiga hujum qilishi ortidan to’qnashuv kelib chiqqanligini ma’lum qildi.

Hujumda 4 nafar xavfsizlik xodimining jon berganligini ifoda etgan Yurish, jon berganlardan tashqari 3 nafar xodimning ham tan jarohati olganligini qayd etdi.

Abdul Karim Yurish, hujum ortidan davom etgan to’qnashuvda 3 nafar Tolibon a’zosining o’ldirilganligini, 4 nafarining esa tan jarohati olganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Tolibon tomonidan hali hanuz mavzu haqida hech qanday bayonot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar