Afg'oniston janubidagi Helmand viloyatida portlash sodir etildi

Nava tumanidagi Suhduz mahallasida yo'lga joylashtirilgan bomba mototsikl o'tib ketayotgan paytda portlagan. Voqea joyida 4 nafar tinch aholi vakili halok bo'lgan.

1332438
Afg'oniston janubidagi Helmand viloyatida portlash sodir etildi

 

 

Afg'oniston janubidagi Helmand viloyati Nava tumanida kuchli portlash sodir etildi.

Yo'l chetiga joylashtirilgan bombaning portlatilishi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi.

Bu haqda Helmand hokimligi xodimi Umar Zuvak ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Nava tumanidagi Suhduz mahallasida yo'lga joylashtirilgan bomba mototsikl o'tib ketayotgan paytda portlagan. Voqea joyida 4 nafar tinch aholi vakili halok bo'lgan.

Qurbonlar orasida 2 nafar yosh bola ham bor.

Bomba Tolibon harakati jangarilari tomonidan joylashtirilganligi taxmin qilinmoqda.

Hozircha javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Helmand , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar