Eronda gripp epidemiyasi tufayli 110 kishi hayotdan ko'z yumdi
Guliston, Mazendaron, Kehguliye-Buyer Ahmed, Kirman va Ahvoz viloyatlarida H1N1 virusi (cho'chqa grippi) tarqalganligi aniqlangan.
1331394

Eronda gripp epidemiyasi tufayli o'lganlar soni 110 kishiga yetdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi vakili Husayin Irfaniyan ma'lum qilishicha, mamlakatda gripp epidemiyasi tufayli so'ngi bir hafta ichida 4 kishi halok bo'lgan. Sentyabr oyidan beri gripp epidemiyasi tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 110 kishiga yetgan.
ISNA xabar agentligiga intervyu bergan Husayin Irfaniyan bir hafta ichida 2388 kishi nafas qisishi shikoyati bilan shifoxonaga murojaat qilganligini bildirdi.
Shuningdek, Guliston, Mazendaron, Kehguliye-Buyer Ahmed, Kirman va Ahvoz viloyatlarida H1N1 virusi (cho'chqa grippi) tarqalganligi aniqlangan.