Turkiyaning birinchi mahalliy avtomobili dunyo kun tartibida keng ko’lamli o’rin oldi

Kecha mamlakatning Ko’jaeli viloyatining Gebze tumanida tanitilgan Turkiyaning avtomobili, taqdimoti ortidan ijtimoiy tarmoqda eng ko’p qo’lga olingan mavzularidan biri qatorida birinchi o’rinda kuzatildi.

1331016
Turkiyaning birinchi mahalliy avtomobili dunyo kun tartibida keng ko’lamli o’rin oldi

Turkiyaning birinchi mahalliy avtomobili dunyo kun tartibida keng ko’lamli o’rin oldi.

Kecha mamlakatning Ko’jaeli viloyatining Gebze tumanida tanitilgan Turkiyaning avtomobili, taqdimoti ortidan ijtimoiy tarmoqda eng ko’p qo’lga olingan mavzularidan biri qatorida birinchi o’rinda kuzatildi.

Dunyo miqyosida “trend topic”ka aylangan Turkiyaning avtomobili #Yerlioto heshtegi orqali dunyo kun tartibiga kirdi.

Turkiyaning avtomobili haqida qisqa vaqt ichida 100 mingdan ortiq twitter posti qoldirildi.

Reuters axborot agentligi mavzu haqidagi ma’lumotni “Turkiya birinchi mahalliy avtomobilining taqdimotini o’tkazdi” degan sarlavha bilan tarqatdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an 3.7 milliard dollarlik loyihaning o’sayotgan iqtisodiyotning ko’rsatkichi sifatida anchadan beri Adolat va taraqqiyot partiyasining kun tartibida borligini qayd etdi.

Britaniyaning Daily Mail nashri Turkiyaning avtomobilini Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Teslaga raqib deb topdi.

Nashr bu haqidagi ma’lumotni, “Prezident Erdo'g’an Teslani cho’lda qoldirishidan umid qilgan TOGG prototipini taqdim etdi” degan sarlavha bilan berdi.

Bloombergdagi xabar esa, “Turkiya 3.7 milliard dollarlik birinchi mahalliy avtomobil loyihasini taqdim etdi” degan sarlavha bilan berdi.

Al-Jazira ham, “Turkiya birinchi mahalliy avtomobili bilan tanishtirdi” degan sarlavha bilan Prezident Erdo'g’anning so’zlariga e’tibor qaratdi.

Unda Erdo'g’anning Turkiya avtomobilini nafaqat Turkiyada balki Yevropada ham xalqaro markaga aylanishini xohlashi ma’lum qilindi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar