Somalida uyushtirilgan hujumda ikki nafar Turk fuqarosi ham jon berdi

Mogadishuda bojxona markaziga yaqin nuqtada bomba yuklangan transport, talabalarni tashigan avtobusning o’tishi chog’ida portlatildi.

1331041
Somalida uyushtirilgan hujumda ikki nafar Turk fuqarosi ham jon berdi

Somali poytaxti Mogadishuda uyushtirilgan bombali hujumda 61 kishi jon berar ekan 50 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Jon berganlardan ikki nafari Turkiya fuqarosi.

Mogadishuda  bojxona markaziga yaqin nuqtada bomba yuklangan transport, talabalarni tashigan avtobusning o’tishi chog’ida portlatildi.

Voqeada birinchi aniqlashlarga ko’ra61 kishi jon berar ekan 50 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Turkiyaning  Mogadishu elchisi Mehmet Yilmaz hujumda 2 nafar Turk fuqarosining ham vafot etganligini ma’lum qildi.

Shuningdek Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu hujum haqida ijtimoiy tarmoq Twitterda qoldirgan postida,

Mogadishuda yuz bergan dahshatli terror hujumida jon bergan ikki fuqaromiz bilan gunohsiz somalilik qardoshlaimizga Olloxdan rahmat tilayman. Qardosh Somalining har doim yonida bo’lamiz. Terrorga qarshi kurashimiz qarorlilik bilan davom etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Somali hukumati Matbuot xizmati kotibi Ismoil Muhtar ham Associated Press agentligiga bergan bayonotida, ko’pchilikning kasalxonaga yotqizilganligini va jon berganlar sonining ortishidan tashvishda ekanligini qayd etdi.

Portlash atrofdagi ishxonalarga jiddiy ziyon yetkazdi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z zimmasiga olgani yo’q.

Al-Qoida bilan aloqali ash-Shabob terror tashkiloti Somalida tez-tez hujum uyushtirmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mogadishu , #hujum , #ash-Shabob

Aloqador xabarlar