DEASh terror tashkiloti haligacha Iroqda hujum uyushtirmoqda

Iroqning Kerkuk va Salahaddin viloyatida DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 9 kishi jon berdi.

1330467
DEASh terror tashkiloti haligacha Iroqda hujum uyushtirmoqda

Iroqning Kerkuk va Salahaddin viloyatida DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 9 kishi jon berdi.

Kerkukdagi Politsiya bo'limining matbuot xodimi Afrasyab Kamil, shaharning janubidagi qishloqda DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan olib qochilgan 3 kishining jasadining topilganligini ma’lum qildi.  

Kamil, jasadi topilgan kishilarning hududda dehqonchilik qilgan oddiy kishilar ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Undan tashqari Salahaddin Viloyat majlisi xavfsizlik komissiyasi raisi Mehdi Taki esa viloyatga qarashli Olam tumanida yolg'on nazorat qilish nuqtasi tashkil etgan DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlarning 3 ta transport vositasiga qarshi qurolli hujum uyushtirganligini qayd etdi.

Qurolli hujumda nishonga olingan transportlarning tinch aholiga oid ekanligini eslatib o’tgan Taki, hujumda 6 kishining jon berganligini bildirdi.

Aytib o’tish joizki DEASh terror tashkiloti 2014-yilning iyun oyidan beri Iroqning Musul, Salahaddin va Anbar viloyatining tamomini, Diyala va Kerkuk viloyatlarining esa bir qismini bosib olar ekan ular ancha vaqt o’tgach qaytarib olingan.  

Sobiq Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy 2017-yilning 9-dekabrida DEASh terror tashkilotiga qarshi g’alaba qozonilganligini e’lon qilgandi.

Shunga qaramay tashkilot yuqorida nomi tilga olingan viloyatlarning qishloqlarida hujumlarini davom ettirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar