YPG/ PKK, Jarablusda hujum uyushtirishdan voz kechmayapdi

YPG/ PKK terror tashkiloti, Firot qalqoni harbiy amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Jarablus tumanida oxirgi vaqtlarda vaqti-vaqti bilan tez-tez terror hujumi uyushtirmoqda.

1329324
YPG/ PKK, Jarablusda hujum uyushtirishdan voz kechmayapdi

Suriyaning shimolidagi Jarablus tuman markazida bir vaqtning o’zida uyushtirilgan bombali hujumlar yuzasidan ilk aniqlashlarga ko’ra tinch aholidan 10 kishi tan jarohati oldi.

Portlash oqibatida atrof-muhit moddiy jihatdan ziyon ko’rdi.

Voqea yuz bergan nuqtada tekshiruv ishlari olib borgan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujumning YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo’lishi mumkinligini qayd etmoqda.

YPG/ PKK terror tashkiloti, Firot qalqoni harbiy amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Jarablus tumanida oxirgi vaqtlarda vaqti-vaqti bilan tez-tez terror hujumi uyushtirmoqda.

Tumanda 30-noyabrda bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 9 kishining tan jarohati olganligini ma’lum qilingandi. Ulardan bir nafarining yosh bola ekanligini ham aytib o’tish joiz.

 



Aloqador xabarlar