Iroqda sodir bo'lgan ketma-ket portlashlarda 15 kishi halok bo'ldi

Iroqning Salahaddin va Diyala viloyatlarida to'rtta alohida bomba hujumi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi.

1322759
Iroqda sodir bo'lgan ketma-ket portlashlarda 15 kishi halok bo'ldi

 

 

Iroqning Salahaddin va Diyala viloyatlarida to'rtta alohida bomba hujumi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Samarra shahridagi Hashdi Shabi nazorat nuqtasiga  bomba o'rnatilgan mashina bilan  xudkushlik hujumi uyushtirildi.

Hujumda, Hashdi Shabi guruhining 11 a'zosi hayotdan ko'z yumdi.

Boshqa tomondan, Salahaddin viloyatining shimolidagi Kinus qishlog'i yaqinida boshlang'ich maktab o'quvchisi bo'lgan uch bola portlash oqibatida  halok bo'ldi.

Diyala viloyatining janubidagi Bexrez tumanida bomba o'rnatilgan mototsiklning portlashi natijasida bir kishi halok bo'ldi va ikki kishi tan jarohati oldi.

Hujumlar uchun hozirgacha hech kim javobgarlikni o'z zimmasiga olmagan bo'lsa-da,  oldindan  mintaqada shunga o'xshash voqealar bo'lganligi sababli, hujumchilarning  DEASh terroristlari bo'lishi mumkinligi aytilgan.

Terror tashkiloti DEASH  Iroqdan tozalanganligi haqida e'lon qilinganidan ikki yil o'tdi faqat  tashkilot vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirmoqda, ayniqsa Kirkuk, Diyala, Salahaddin va Mosul viloyatlarida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #15 kishi halok , #Hujum , #Iroq

Aloqador xabarlar