Tolibon Afg'oniston shimolidagi Juzjan viloyati Murdiyan tumaniga hujum qildi

Otishmalarda 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 3 nafari jarohatlangan.

Tolibon Afg'oniston shimolidagi Juzjan viloyati Murdiyan tumaniga hujum qildi

 

 

"Tolibon" harakati Afg'oniston shimolidagi Juzjan viloyati Murdiyan tumaniga hujum qildi.

Hujum oqibatida 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Bu haqda Juzjan hokimligi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, "Tolibon" harakati jangarilari Murdiyan tuman markaziga to'rt tomondan hujumga o'tgan.

Otishmalarda 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 3 nafari jarohatlangan.

Tolibonning hujumidan so'ng, xavfsizlik kuchlari bilan toliblar o'rtasidagi otishmalarda 20 nafar jangari o'ldirilgan, 7 nafariga jarohat yetkazilgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: hujum , Tolibon harakati , Afg'oniston

Aloqador xabarlar