Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga ta'ziya bildirdi
“AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Londonda sodir bo’lgan terrorchilik harakati tufayli Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga ta’ziya izxor etdi”,-deyiladi Oq uy bayonotida.
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya poytaxti Londonda sodir bo’lgan terrorchilik harakati munosabati bilan mamlakat bosh vaziri Boris Johnsonga qo’ng’iroq qilib, chuqur ta’ziya bildirdi.
“AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Londonda sodir bo’lgan terrorchilik harakati tufayli Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga ta’ziya izxor etdi”,-deyiladi Oq uy bayonotida.
Tramp 2 dekabr kuni Buyuk Britaniyaga kelishi kutilmoqda va Londonda 3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etadi.
Eslatish joizki, juma kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahri markazidagi London Bridge ko‘prigida noma'lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgandi.
Voqeada 2 kishi halok bo’ldi, 3 kishi jarohatlangandi.
Politsiyachilar hujum qilgan shaxsni voqea joyida otib o’ldirgandi.
Hukumat ushbu hodisani terrorchilik akti deb atadi. Politsiya tomonidan qo‘lga olingan shaxsning belida porlovchi qurilma o‘rnatiladigan jilet mulyaji bo‘lgani tasdiqlandi. Tergov davom etmoqda.
Aloqador xabarlar
Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi
Armanistonda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilindi.