Iroqda hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda 25 kishi jon berdi

Iroqda hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda 25 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 300 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

1315065
Iroqda hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda 25 kishi jon berdi

Iroqda xavfsizlik kuchlarining Zikar va Nejef viloyatidagi hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarga aralashuvi natijasida 25 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 309 kishi tan jarohati oldi.  

Kasalxona manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra Nejef shahrida hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarga xavfsizlik kuchlarining aralashuvi natijasida 5 kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 203 kishi tan jarohati olgan.

Zikar viloyatida esa xavfsizlik kuchlarining namoyishlarga aralashuvi natijasida 20 kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 160 kishi tan jarohati olgan.

Shuningdek Zikarning Milliy Politsiya idorasi mudiri Muhammad al-Kurayshiy iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi.

Kurayshiyning bu qarorining Zikardagi namoyishlar chog’ida ko’pchilik namoyishchining jon berishiga yo’l ochgan politsiyaning zo’rovonligi, qattiq qo’lligi tufayli ekanligi yetkazildi.

 



Aloqador xabarlar