NATOni modernizatsiya qilish bo'yicha 1 milliardlik shartnoma imzolandi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) Boeing International bilan o'zining erta ogohlantirish va kuzatish samolyotlarini (AWACS) modernizatsiya qilish bo'yicha 1 milliardlik shartnoma imzoladi.

1313879

Bitim Belgiyaning Melsbroek aeroportida bo'lib o'tgan marosimda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va dunyodagi eng katta fuqarolik va harbiy samolyotlar va vertolyot ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan Boing International  raisi Maykl Artur ishtirokida imzolandi.

Bu yerda nutq so'zlagan Stoltenberg, NATO AWACS, 11- sentabr terror hujumlaridan keyin  AQShda so’ngra  Afg'onistonda va hozirda  DEShga qarshi kurashda  xalqaro koalitsiyaga hissa qo’shganini eslatib  modernizatsiya ittifoqning ilg'or texnologiyalariga berilgan ahamiyatini ko’rsatadi dedi.

Stoltenberg ta'kidlashicha, modernizatsiya bilan AWACS yanada rivojlangan aloqa tarmoqlariga ega bo'ladi va shu bilan ittifoq a’zosi jamiyatga  xavfsizlik ta’min etishga  hissa qo'shishda davom etadi deb qayd etadi.

Boeing Interntional Rasi Arthur ham bergan bayonotida yangi shartnomaga NATOning transatlantik ittifoqini kuchli tutish uchun sanoatga moslashish mavzusida qat’iyatini namoyon qildi dedi.

"NATO moslashishda davom etayotgan bir ittifoqdir."  Artur, NATOning 16 ittifoqchisi shartnomani moliyalashtirganini aytdi.

Modernizatsiya, Turkiya  bilan bir qatorda  16 ittifoqchilari tomonidan moliyalashtiriladi

Aloqador xabarlar