Angela Merkel:"Turkiya NATOga a'zo bo'lib qolishi kerak"

Germaniya kanstleri Angela Merkel Turkiya NATO uchun geostrategik ahamiyatga ega ekanligini ma'lum qildi.

1313608
Angela Merkel:"Turkiya NATOga a'zo bo'lib qolishi kerak"

 

Germaniya kanstleri Angela Merkelning ta'kidlashicha, Turkiya NATOga a'zo bo'lib qolishi kerak.

Turkiya NATO uchun geostrategik ahamiyatga ega ekanligini anglatgan Merkel: "Turkiya NATOga a'zo sifatida qolishi zarur. Buning uchun g'ayrat ko'rsatishimiz kerak",-dedi.

Yevropa bir qator terror tahdidiga duch kelganligini ifoda etgan Merkel:"Endilikda atrofimizdagi hodisalarda AQSh mas'uliyat olmayabdi",-dedi.

"NATOni saqlab qolish o'z manfaatimizga xizmat qiladi",-deb aytgan Germaniya kanstleri.

Yevropa bu ahvolda o'zini himoya qila olmasligiga diqqat qaratgan Merkel: "Ushbu transatlantik ittifoqqa katta ehtiyoj bor",-dedi.

U shu sababli NATOni saqlab qolishga harakat qilishini va ittifoq tarkibida yana ham ko'proq mas'uliyat olishga harakat qilishini bildirdi.

Shuningdek, Fransiya bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan qurol bo'yicha loyihalarni mustahkamlash istagini tilga oldi.

Merkel Suriyada davom etayotgan ichki urushni to'xtatish uchun siyosiy yechim topish zarurligini qayd etdi. Shu maqsad bilan konstitutsiya qo'mitasini tuzish ijobiy qadamlardan biri bo'ladi.

Germaniya Suriyada barqarorlik o'rnatishga o'z hissasini qo'shishini ifoda etgan Merkel: "Buni Rossiya va Turkiya bilan muzokara o'tkazmasdan amalga oshirib bo'lmaydi",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Angela Merkel , #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar