Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil va Saudiya Arabistoniga murojaat qildi.

Eron inqilobiy soqchilar qo'mondoni general Husayn Selami Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Isroil va Saudiya Arabistoniga murojaat qildi.

1312482
Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil va Saudiya Arabistoniga murojaat qildi.

Eron inqilobiy soqchilar qo'mondoni general Husayn Selami Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Isroil va Saudiya Arabistoniga murojaat qildi.

 Agar siz bizning qizil chiziqlarimizni kesib o'tsangiz, biz sizni yo'q qilamiz”  dedi.

Kecha Eronda  rejimi tarafdorlari poytaxt Tehronda o'tgan hafta  neft  narxining ko'tarilishiga qarshi norozilik namoyishlariga qarshi namoyishlar o'tkazdilar.

AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoniga qarshi shiorlar berilib , 15-noyabr kuni  neft narxining 300 foiz oshishiga norozilik bildirib, "fitnachilar " deb ayblandi. Namoyishda, shuningdek, prezident Hasan Ruhoniy hukumatiga  ham qarshi  shiorlar berdilar.

Inqilobiy soqchilar bosh qo'mondoni Selami o'z nutqida  neft narxining ko'tarilishiga ko’rsatilgan reaksiyaga  "urush" va "ssenariy" deb ta'rifladi.

Selami, voqealar ortida turganini da'vo qilayotgan mamlakatlarni nishonga olib,

"Men  Amerika  Qo'shma Shtatlar, Britaniya, Isroil va Saudiya Arabistoniga murojaat qilaman: Siz bizni maydonda sinab ko'rdingiz va kuchli  shappalaq yedingiz, ammo siz javob bera olmadingiz .  Dunyo bularning  ba'zilarini ko'rdi va ba'zilarini  esa ular ko’rmadi. siz bizning qizil chiziqlarimizni kesib o'tsangiz, biz sizni yo'q qilamiz”  dedi.

AQSh sanktsiyalari ta'siri ostida, iqtisodiy qiyin kunlarni boshdan kechirgan Eron xalqi 15-noyabrda neft narxining uch baravarga ko'payishi e'lon qilinganidan so'ng, mamlakatning ko'plab shaharlarida  norozilik namoyishini boshlagan edi.

Namoyishlarda ko'plab shaharlarda jamoat binolari, banklar, yoqilg'i quyish shoxobchalari va bozorlar vayron qilingan. Xalqaro afv tashkiloti  voqealar paytida kamida 143 namoyishchi o'ldirilganini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Reaksiya , #Davlatlar , #Namoyish , #Eron

Aloqador xabarlar