Husiylar Yamanning Al-Muha shahrida qurolli dronlar vositasida hujum sodir etdi

Hujumda 6 kishi halok bo'ldi, 6 kishi yaralandi. Ularning aksariyati tinch aholi vakillari.

Husiylar Yamanning Al-Muha shahrida qurolli dronlar vositasida hujum sodir etdi

 

 

Yamanda Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan Husiylar mamlakat g'arbida joylashgan Al-Muha shahrida qurolli dronlar vositasida hujum sodir etdi.

Hujumda 6 kishi halok bo'ldi, 6 kishi yaralandi. Ularning aksariyati tinch aholi vakillari.

Yaman janubida harakat qiluvchi tashkilotlar koalitsion kuchlar kotibi polkovnik Vaddah ad-Debish ma'lum qilishicha, Husiylar Al-Muha shahrida Yaman qo'shiniga oid harbiy logistika omboriga qurolli dronlar bilan hujum qilgan.

Hujum oqibatida nishonga olingan bino yaqinidagi yog'och kulbalarda yashovchi 6 kishi halok bo'lgan, 6 nafari jarohatlangan.

Shuningdek, hujumda bino yaqinidagi Chegara bilmas doktorlar shifoxonasiga ham jiddiy talofat yetkazilgan.

Husiylarga qarshi kurash olib borayotgan Amalika kuchlari shifoxonadagi shifokorlarni, bemorlarni va ishchi xodimlarni evakuatsiya qilgan.




 


Tanlangan kalimalar: Yaman , Husiylar

Aloqador xabarlar