Ar-Riyodda Yamanda to’qnashuvlarni to‘xtatish haqida tinchlik kelishuvi imzolandi

Mazkur hujjat Saudiya Arabistoni va Abu-Dabi valiahd shahzodalari Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zoid Al Nahyon hamda Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy tomonidan imzolandi.

1301118
Ar-Riyodda Yamanda to’qnashuvlarni to‘xtatish haqida tinchlik kelishuvi imzolandi

 

 

Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati va Yaman janubida harakat qiluvchi tashkilotlar, jumladan Janubiy Yaman o‘tish kengashi ayirmachilari kecha 5 noyabr kuni Ar-Riyodda qurolli to’qnashuvlarni to‘xtatish haqida tinchlik kelishuvini imzoladi.

Hujjat Saudiya Arabistoni va Abu-Dabi valiahd shahzodalari Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zoid Al Nahyon hamda Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy tomonidan imzolandi.

Bu haqda Yaman prezidentlik matbuot xizmati kotibi Abdulloh Al-Olimiy ma’lum qildi.

“Imzolangan kelishuvlar qat’iylik, iroda va jasorat bo’lmagan taqdirda, faqat qog’ozda qolib ketadi xalos. Yaman hukumati Ar-Riyod kelishuviga amal qilish xususida qat’iydir”,-deb ma’lum qiladi Al-Olimiy tvitterdagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Yaman xalqi kelishuvlarga amal qilish xususida muvaffaqiyatli tajribaga ega emas. Umid qilamanki, Ar-Riyod kelishuvi o’zaro kelishmovchiliklarni bartaraf etish va birdamlik yo’lida olg’a qadam bo’ladi.

Boshqa tomondan, Quvayt hukumati Ar-Riyod kelishuvi asosida tinchlik muzokaralarini olib boradigan kuchli hukumat tuzilishiga ko’mak beradi.

Quvayt tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Xolid al-Jaralloh Quvaytning Berlindagi elchixonasida o’tkazilgan marosimda ushbu kelishuvga to’xtaldi.

U so’zlagan nutqida, Ar-Riyod kelishuvi Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati bilan Husiylar o’rtasidagi tinchlik muzokaralarining bir guzargohi mohiyatiga ega ekanligini ma’lum qildi.

Qolaversa, ushbu kelishuv asosida tinchlik muzokaralarini yurita oladigan kuchli hukumat tuzilishidan umidvorligini tilga oldi.

Kecha imzolangan Ar-Riyod kelishuviga binoan, kamida 30 kun ichida qonuniy hukumat tuzilishi, 24 vazirlikdan 12 nafarini Janubiy Yaman o‘tish kengashiga berilishi, Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiyning 15 kun ichida Aden shahridagi xavfsizlik boshqarmasiga va 30 kun ichida Abyan va Dali shaharlariga hokim tayinlashi zarur.

 

 



Aloqador xabarlar